Neymar jarohat sabab 2025 yilda maydonga qaytolmaydi
Sport
−
26 noyabr 675 1 daqiqa
Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar chap tizzasidagi menisk shikastlanishi tufayli 2025 yilda maydonga tushmaydi. San-Pauluda o‘tkazilgan testlar jarohat jiddiyligini tasdiqladi. Bu haqda Ge xabar berdi.
Futbolchi joriy yilning 19 noyabr kuni “Vila Belmiro” stadionida “Mirasol”ga qarshi o‘yinda noqulaylik sezgan va keyin “Internasonal”ga qarshi o‘yinda dam olgan edi. Bu jarohat Neymarning 2025 yildagi to‘rtinchi jismoniy muammosi hisoblanadi. Neymarda joriy yilning mart oyida chap son mushagida shikast, aprel oyida yarim membrana mushagidagi jarohat, sentyabrda o‘ng son mushagida yirtiq va noyabrda chap tizzada menisk shikastlanishi qayd etildi. Shu sababli Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishida muammolarga duch kelmoqda.
Neymarning “Santos”dagi shartnomasi joriy yil dekabrda tugaydi va klub uni uzaytirish yoki boshqa choralarni ko‘rish haqida qaror qilmagan. Klub ichki baholashlariga ko‘ra, Neymarning yillik maoshi va transfer qiymati moliyaviy balansga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymarning otasi NR Sports kompaniyasi orqali afsonaviy futbolchi Pele brendi 18 million AQSH dollarga sotib olgan edi.
Live
Barchasi