“Barselona” asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo Ispaniya La Ligasining 19-turida “Atletiko Madrid”ga (3:1) qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Football today” nashri xabar berdi.

Dani Olmo uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada “Barselona”ning 2-golini kiritish chog‘ida noqulay tarzda yiqilib, chap yelkasidan jarohat oldi. Shundan so‘ng ispaniyalik futbolchi shifokorlar yordamida maydonni tark etdi.

Manbaga ko‘ra, jarohat tufayli Olmo uch haftaga safdan chiqqan. Shu sababli u La Ligada “Betis”ga qarshi hamda Chempionlar ligasi doirasida Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasiga qarshi o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Dani Olmo 2024 yil yozida Germaniyaning “RB Leypsig” klubidan “Barselona”ga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” hozirda 37 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Atletiko Madrid” esa 31 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat “Barselona” Dani Ol'mo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing