Ohangarondagi vaziyat nazoratga olindi – Bolalar ombudsmani

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida voyaga yetmagan 14 yoshli qiz o‘ziga nisabatan patrul-post xizmati xodimi tegajog‘lik qilganini bildirgani haqida xabar berilgan edi. Biroq keyinroq Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov mazkur iddaoni rad etdi. Bolalar ombudsmani ushbu holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Ohangaron shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

“Bolalar ombudsmani voyaga yetmaganning manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha tarzda axborot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Qizning iddaosi

Mashinada bo‘lgan 14 yoshli qiz holatni boshqacha tasvirlaydi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha kuni kechqurun dugonalari bilan ko‘chada o‘tirgan vaqtida ularning oldiga Spark avtomobili kelib to‘xtagan va ularni majburan mashinaga mindirgan.

“Bizning oldimizga Spark avtomashinasi keldi va haydovchi menga mashinaga o‘tirishimni ayta boshladi. Men rad etdim, lekin u qo‘pol tarzda menga avtomobilga o‘tirishimni aytdi. Men uni xodim, menga hech narsa qilmaydi, deb o‘yladim. Mashinaga o‘tirganimdan so‘ng, u bizni juda uzoqqa olib ketdi, mashinani o‘chirib, bizga tegajog‘lik qila boshladi”, degan 14 yoshli qiz.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hodisa yuzasidan ma’lumot berib, tergov boshlanganini ochiqlagan.

“Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik bo‘limi prokuratura bilan birgalikda ushbu hodisa bo‘yicha darhol tergov boshladi. Hodisaning barcha ishtirokchilari va holatlari aniqlandi. Nashrlarda tilga olingan xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar da’vo qilingan harakatlar tasdiqlansa, ularning harakatlari jinoiy javobgarlikka tortiladi”, deyiladi xabarda.

IIBB munosabati

Joriy yilning 27 aprel kuni, soat tungi 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga, tanishi 22 yoshli A.K. (ayol) qo‘ng‘iroq qilib, undan maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan. PPX xodimi yetib borgan vaqtida, 22 yoshli A.K.(ayol) bilan uning 14 yoshli qiz tanishi birga chiqib, xodimning mashinasiga o‘tirgan. Shu vaqtda 18 yoshli A.X., 4 nafar tanishlari bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal ko‘targan.

Qayd etilishicha, o‘zini “akasiman” deb tanishtirgan yigit aslida 14 yoshli qizning hech qanday qarindoshi hisoblanmaydi.

“Holatda voyaga yetmagan qizning ishtiroki bo‘lgani sababli, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan. Ish yakuniga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ohangaron Bolalar ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing