Toshkentda narkotik tarqatib yurgan “zakladchik” ushlandi (video)
3-sahifa
−
29 aprel 2365 2 daqiqa
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida turli lokatsiyalarga tarqatib yurgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organi hodimlari tomonidan Artyom ismli shaxs ko‘zdan kechirilganda, uning cho‘ntagidan 20 dona qora yelim bilan o‘ralgan “gashish” giyohvandlik moddasi topilgan. Gumonlanuvchining telefoni tekshirilganda yana 14 ta manzilda “zakladka” usuli bilan berkitib qo‘yilgan giyohvandlik moddalarining lokatsiyalari ham topilgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchining yashash honadoni ko‘zdan kechirilganda u yerdan 28 dona ko‘k rangli va 9 dona qora rangli yelim bilan qadoqlangan hamda shaffof polietilen paketga o‘ralgan giyohvandlik moddalari, elektron tarozi va boshqa buyumlar aniqlangan.
“Meni ushlashganda yonimda 20 gramm giyohvandlik moddasi bor edi. So‘ng uyimdan ham giyohvandlik moddasini topishdi. Barcha yoshlarga va tengdoshlarimga bu ish bilan shug‘ullanmaslikni tavsiya etaman. Bu ishlarning oxiri achinarli holatga olib keladi”, deydi gumonlanuvchi.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga hilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga esa “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda erkak 24 kg “gashish” bilan ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi