Olimpiada oldidan Avstraliya delegatsiyasida koronavirus aniqlandi

Sport

image

2026 yilgi Olimpiya o‘yinlari oldidan Avstraliya terma jamoasida koronavirusning ikki holati aniqlangan. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallangan shaxslar sportchi emas va ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan delegatsiya a’zolari virusni yuqtirmagan. Delegatsiyaning ikki a’zosi joriy yilning 28 va 31 yanvar kunlari COVID-19’ga chalingan. Kasallanganlarda o‘tkir respirator virusli infeksiya alomatlari kuzatilgan va ular virusga qarshi dorilarni qabul qilmoqda. Delegatsiya rahbari Elis Kemplning aytishicha, jamoada bunday holatlar uchun tibbiy protokollar mavjud.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi qishki Olimpiyada o‘yinlari joriy yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan va Kortina d’Ampezzo shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Avstraliya jamoasi tarixidagi ikkinchi eng katta delegatsiya bilan musobaqada ishtirok etadi. Bu so‘nggi 12 yil ichidagi Avstraliya eng katta tarkib hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Milan-Kortina – 2026 qishki Olimpiya o‘yinlari uchun 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya COVID-19 Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing