Prezident 6 hokimning lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni buyurdi
Jamiyat
−
24 aprel 16528 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev “aravasini torta olmayotgan” 6 ta tuman hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu haqda Prezident bugun, 24 aprel kuni o‘z raisligida o‘tayotgan birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Yig‘ilishda ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilingan.
Masalan, Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora.
Yoki G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tilgan. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.
Tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan bo‘lsa”, bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirilgan.
Live
Barchasi