O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi hamkorlik kengaytiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, shuningdek, iqtisodiyot, sanoat, ilmiy va texnologik hamkorlik, diplomatik kadrlarni tayyorlash, metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalashtirish va tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, metrologiya sohasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlik, geologiya sohasidagi hamkorlik, elektropoyezdlarni yetkazib berish to‘g‘risida va boshqa ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Andrey Babishning tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralari bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Ular turli masalalar, jumladan, ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysni qayta tiklash masalasini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Shavkat Mirziyoev deklaratsiya Andrey Babish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing