Putin Istanbulga kelmasa, sanksiyalarni kuchaytirish kerak – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina muzokaralar olib boradigan Istanbulga safari oldidan Kiyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishga harakat qilayotganini aytdi. Bu haqda u bugun, 13 may kuni so‘z ochdi.

“Biz bu uchrashuv bo‘lishi uchun hamma narsani qilamiz. Agar Putin haqiqatan ham nafaqat OAVda, balki real hayotda uchrashishga tayyor bo‘lsa. Va keyin, rahbariyat darajasida, biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishish uchun hamma narsani qilamiz. Chunki aynan u bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishim kerak. Chunki buni faqat o‘zi hal qiladi”, dedi Zelenskiy.

Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev AQSH Prezidenti Donald Trampga Istanbuldagi muzokaralarga qo‘shilishni taklif qilgan.

“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining qarorini bilmayman, lekin har holda, agar u o‘z ishtirokini tasdiqlasa, bu Putinning uchib kelishiga qo‘shimcha turtki bo‘lardi, deb o‘ylayman”, deydi Zelenskiy.

Ukraina Prezidenti yana Kremlning urushni tugatish istagiga ishonmasligini aytdi. Uning fikricha, Putin o‘t ochishni to‘xtatish yoki biron-bir muzokarani istamaydi va Zelenskiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara qilishdan qo‘rqadi.

Zelenskiy, agar Putin Istanbulga uchmasa, Ukraina ittifoqchilaridan “eng kuchli sanksiyalar paketini” kutayotganini aytdi. Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Putinning Istanbulga kelmasligi “uning urushning tugashiga tayyor emasligini namoyish qilishning yakuniy nuqtasi bo‘ladi”.

“Bu AQSH, Yevropa va boshqa davlatlar rahbarlarining barcha va’dalari, qat’iy va aniq va’dalari bajarilishi kerakligini anglatadi. Aks holda, siz Rossiyani qadam tashlashga majburlamaysiz. Va bu endi tajovuz, ishg‘ol va shunga o‘xshashlar uchun sanksiyalar emas. Ya’ni, allaqachon bir million murosa mavjud. Bu sanksiyalar ular hatto o‘t ochishni to‘xtatishni ham xohlamagani uchun bo‘lishi, eng kuchli sanksiyalar paketi bo‘lishi kerak”, dedi Zelenskiy.

Istanbulda Rossiya va Ukraina muzokaralari

Putinning o‘zi 15 may kuni Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQSH ko‘magida taklif qilingan 30 kunlik sulhga muqobil ravishda Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash g‘oyasi bilan chiqdi. Bunga javoban Zelenskiy Turkiyaga kelishini, faqat Rossiya rahbari bilan shaxsan uchrashishini aytdi.

Kreml hozircha muzokaralarda Rossiyadan kim vakillik qilishini va Putin ishtirok etishi mumkinligini e’lon qilgani yo‘q.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy Istanbul sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing