YeI 40 ta Rossiya tankerini “qora ro‘yxat”ga kiritdi
Olam
−
15 dekabr 1258 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Rossiya neftini tashiyotgani aytilayotgan 40 ta tankerini “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Bu haqda bugun, 15 dekabr kuni YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas YeI davlatlari TIV rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Vazirlar, shuningdek, “soya floti”ga mansub 40 ta tankerni qora ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deydi u.
Kallasning aytishicha, endilikda YeI tankerlarga nisbatan sanksiyalarni “ish tartibida”, ya’ni yirik sanksiyalar paketlari qabul qilinishini kutmasdan joriy etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini joriy qilgan edi. Bu choralar ilk bor Rossiyaning gaz sektoriga ham taalluqli bo‘ldi va rossiyalik diplomatlarning harakatlanishini chekladi. Yevropa kompaniyalariga Rossiyada sayyohlik turlarini tashkil etish taqiqlandi, rossiyaliklarning kriptovalyuta bilan bog‘liq operatsiyalarini bloklashga qaror qilindi. Shuningdek, Rossiya neftini tashiyotgan xorijiy bayroq ostidagi 117 ta tanker ham cheklovlar ostiga olindi.
Live
Barchasi