Putinning o‘qituvchisiga hurmati dunyoda namuna sifatida ko‘rsatilmoqda (video)
Olam
−
13 may 5758 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z o‘qituvchisi Vera Dmitriyevna Gurevichni Moskvadagi G‘alaba paradiga tashrif buyurishga va keyin bir necha kun mehmon bo‘lishga taklif qildi. Rossiya yetakchisining o‘qituvchisi uchun maxsus madaniy dastur tashkil etildi va 11 may kuni davlat rahbari uni o‘z qarorgohiga kechki ovqatga taklif qildi. Ayni vaqtda Putinning o‘qituvchisiga ko‘rsatgan hurmati, u mehmonxonadan Kreml saroyiga o‘zi avtomobil boshqargancha olib ketgani xalqaro mediada diqqat bilan kuzatilmoqda.
Vladimir Putinning taklifiga binoan 9 may kuni G‘alaba paradida uning o‘qituvchisi Vera Dmitriyevna Gurevich ishtirok etdi.
Vera Gurevich 92 yoshda. U o‘rta maktabda Putinning sinf rahbari bo‘lgan. Prezident o‘qituvchini o‘ziga eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan kishilar qatorida bir necha bor tilga olgan va u bilan haligacha muloqotda ekanligini aytgan.
Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘qituvchisi Vera Gurevich bilan uchrashuvi tasvirlarini e’lon qildi, davlat rahbarining o‘zi avtomobilda uni olib ketish uchun Moskva markazidagi mashhur ko‘cha – Arbatdagi mehmonxonaga borgan.
Mehmonxona binosiga Putin “Aurus2 avtomobilini haydab kelgan. U mashinasini kiraverishda to‘xtatgan. Odatda hamma jiddiy ish kostyumida ko‘rishga o‘rganib qolgan prezident bu safar juda liberal kiyingandi – jinsi shim, katak ko‘ylak va to‘q ko‘k kurtka. U o‘qituvchisiga nafis pushti rangdagi ulkan guldastani hadya qilgan.
U o‘qituvchisi uchun orqa o‘rindiq eshigini avaylab ochgan holda uni avtomobilga o‘tqazib, Kreml tomon yo‘lga tushgan.
Kreml voizi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Prezident o‘zining birinchi o‘qituvchisiga juda iliq munosabatda. Ular doimo muloqotda bo‘lib turadi.
Live
Barchasi