Ronaldu Manega sovg‘a berdi (video)

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi sardori Krishtianu Ronaldu Afrika kubogida g‘alaba qozongan jamoadoshi Sadio Maneni tabriklash uchun unga tort sovg‘a qildi. Bu haqda “Al Nasr” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Afrika kubogi finalida Senegal Marokashni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.  

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada bosh hakam Senegal darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu qarordan so‘ng senegallik futbolchilarning aksariyati norozi bo‘lib, maydonni tark etdi. Biroq, jamoa sardori Sadio Mane ularni tinchlantirib, o‘yinni davom ettirishga ko‘ndirdi. 

90+24-daqiqada Marokash yarim himoyachisi Braim Dias penaltidan unumli foydalana olmadi. 

Ekstra-taymda esa Senegal hal qiluvchi golni urdi. 94-daqiqada yarim himoyachi Pape Gueye aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ma’lumot uchun, Sadio Mane 2023 yildan beri “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda. Ushbu mavsumda u 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 6 golli uzatma amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Sadio Mane “Al-Nasr” Afrika kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing