Rossiya 8 nafar markaziy osiyolikdan fuqarolikni olib qo‘ydi
Olam
−
01 iyun 2536 1 daqiqa
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi Markaziy Osiyo mintaqasidan bo‘lgan sakkiz nafar shaxsning Rossiya fuqaroligini bekor qildi. Ular davlat xavfsizligiga tahdid tug‘dirgan shaxslar sifatida baholangan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror 2023 yil 28 apreldagi “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi federal qonunning 22-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan qabul qilingan.
Fuqaroligi bekor qilinganlar orasida Tver viloyati fuqarosi ham bor. U Crocus City Hall’da sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxsga noqonuniy ravishda Rossiyada yashashga yordam bergan.
Shuningdek, Tula viloyatida yashagan shaxs noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topilgan, Buryatiya fuqarosi esa millatchilik g‘oyalarini tarqatganlikda ayblangan. Oltoy o‘lkasidan bo‘lgan shaxslar yengil tan jarohati yetkazish va kaltaklash kabi jinoyatlar bo‘yicha bir necha bor javobgarlikka tortilgan.
Tyumen viloyatidan uch nafar shaxs “antirossiya kayfiyatini” targ‘ib qilish va etnik guruhlar asosida mojarolarni qo‘zg‘atishga chaqiriqlar qilgani uchun fuqaroligidan mahrum etilgan.
Arxangelsk viloyatida yashagan yana bir shaxs esa mintaqada millatlararo va etnik-diniy keskinlikni kuchaytirishga sharoit yaratishda ayblangan.
Live
Barchasi