Rossiya Ukrainaning dron operatorlari markaziga xujum qildi
Olam
−
17:35 4239 1 daqiqa
Rossiya harbiylari Ukrainada uchuvchisiz qurilmalar – dronlar operatorlarini tayyorlash markaziga hujum uyushtirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Operativ-taktik aviatsiya, zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari, raketa qo‘shinlari va artilleriya kuchlari tomonidan uchuvchisiz tizimlar mutaxassislarini tayyorlash markaziga zarba berildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, harbiylar uzoq masofaga mo‘ljallangan dronlar va ekipajsiz qayiqlarni yig‘ish sexlari hamda ularni saqlash joylariga ham zarba berganini ma’lum qilgan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari uchun foydalanilayotgan energetika infratuzilmasi ob’ektlari va raqib kuchlarining vaqtinchalik joylashuv nuqtalariga, jami 148 ta hududga zarba berilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, bir sutka davomida havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaga tegishli 516 ta dron va uchta boshqariladigan aviatsiya bombasini urib tushirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Kstovo shahriga hujum uyushtirgan edi.
Live
Barchasi