Ukraina Rossiyadagi yirik neft zavodiga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 20 mayga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Kstovo shahriga hujum uyushtirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” neftni qayta ishlash zavodiga qaratilgan bo‘lib, hujum oqibatida hududda yong‘in yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda dronlar turarjoy binolari yaqinidan uchib o‘tayotgani aks etgan.

Hujum sabab Nijniy Novgorod viloyatining Kstovo tumanidagi maktab o‘quvchilari xavfsizlik nuqtayi nazaridan masofaviy ta’limga o‘tkazilgan. Bu haqda shahar meri Yuriy Shalabayev ma’lum qilgan.

“Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri hisoblanadi. Korxona Moskvani yonilg‘i bilan ta’minlaydi. Hozircha hujum oqibatlari va ehtimoliy talafotlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomonidan Ukrainaga tungi hujumlar uyushtirilgani oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq inson yaralangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft' Ukraina hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing