Rossiyada yosh qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan markaziy osiyolik 14 yilga qamaldi
Olam
−
28 fevral 10092 2 daqiqa
Rossiya hududidagi Saxa Respublikasida (Yakutiya) qirg‘izistonlik fuqaro 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Respublika sudlarining birlashgan matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Mirniy tuman sudi 25 fevral kuni ushbu shaxsga nisbatan hukm chiqargan. Ayblov talqiniga ko‘ra, 2025 yilning oktyabr oyida u noqonuniy ravishda boshqa birovning xonadoniga kirib, u yerdan mobil telefon, pul solingan kurtka va avtomobil kalitlarini olib chiqqan. Xonadagi boshqa xonalarni ko‘zdan kechirayotib, xonalardan birida uxlab yotgan qizchani ko‘rgan va uni zo‘rlashga uringan. Qizcha qarshilik ko‘rsatib, yordamga chaqirgach, erkak voqea joyidan qochib, avtomobilni olib ketgan.
Sud jarayonida u o‘g‘rilik va avtomobilni olib qochish aybini tan olgan, biroq noqonuniy ravishda uyga kirish hamda voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlashga urinish ayblovlarini rad etgan.
Sud uni Rossiya Jinoyat kodeksining 139-moddasi 1-qismi (turar joyga noqonuniy kirish), 30 va 131-moddalari (14 yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlashga urinish), 158-moddasi (o‘g‘rilik) va 166-moddasi (transport vositasini olib qochish) bo‘yicha aybdor deb topgan.
U 14 yil muddatga qattiq tartibli koloniyada jazoni o‘tashga hukm qilingan. Shuningdek, undan 1 million 500 ming rubl miqdorida ma’naviy zarar uchun tovon undirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan 23 yoshli qozog‘istonlik talaba Garri Azaryan Rossiyada terrorizmni oqlashda ayblanib, 8 oy qamalib chiqqandi.
Live
Barchasi