Kamsitilgan migrant endi qahramon. Xayrullo Rossiyadan qaytdi
Jamiyat
−
28 fevral 4619 1 daqiqa
Qashqadaryolik Xayrullo Ibodullayev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oddiy ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan, u 22 fevral kuni ko‘p qavatli uydan qulagan bolani qutqarib qolgani ortidan e’tiborga tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bola yettinchi qavatdagi ochiq deraza yonida planshet o‘ynab turgan. U sirpanib ketgan, lekin avval karnizga osilib qolgan. Pastda Xayrullo Ibodullayev bolani qulashi mumkinligini ko‘rib, unga derazadan uzoqlashishni baqirib aytgan. Bola qo‘lini qo‘yib yuborganda esa, erkak uni qo‘li bilan ushlab qolgan.
Rossiyada migrantlarga munosabat og‘ir, turli bosimlar, kamsitishlar haqida ko‘p gapiriladi. Ana shunday paytda oddiy bir ko‘cha supuruvchi butun bir millat nomini baland ko‘tardi. Bugun migrant degan so‘z ortida oddiy mehnatkash emas, balki yuragi katta insonlar borligini Xayrullo Ibodullayev amalda ko‘rsatdi.
U ushbu qahramonligi uchun Rossiyada to‘rtinchi Tigran Keosayan nomidagi mukofot qolaversa, O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq o‘zbek xalqiga xos jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgani uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Qahramonimiz bu boradagi o‘z hislari bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu reportajni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi