Rossiyadagi “avariya”da 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
06 Sentabr 13141 1 daqiqa
Kecha, 5 sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tatariston prokuraturasiga ko‘ra, ushbu hodisa Naberejniy Chelni-Olmetevsk yo‘lining 38-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia yengil avtomobili noma’lum sababga ko‘ra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va yengil mashinada bo‘lganlar halok bo‘lgan.
“Tataristondagi yuk mashinasi bilan bog‘liq YTHda halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi, ularning jasadlari vataniga qaytariladi”, deya ularning O‘zbekistondan ekanligini tasdiqlaydi TASS nashri.
O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqlab, jasadlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqa o‘rnatilganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi, Kuraginskiy tumanidagi konda o‘zbekistonlik erkakni tog‘ massasi bosib qolgandi. 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi mehnat patenti asosida “Artyomovskiy rudnik” AJ konida ishlagan. U tog‘ jinslarini burg‘ulash va mustahkamlash ishlarini olib borgan. Shu paytda tog‘ massasi qulab tushgan. Ishchi qulab tushgan jinslar ostida qolib, olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Live
Barchasi