“Sen o‘zi kimsan?” Xomanaiy Trampga javob yo‘lladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp iyun oyidagi hujumlardan so‘ng, Eronning yadro infratuzilmasi butunlay yo‘q qilingan deb o‘ylaydi, biroq bu fikr noto‘g‘ri. Bu haqda Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy X sahifasida joylagan postida ma’lum qildi.

“AQSH Prezidenti Eronning yadro sanoati portlatilib, yo‘q qilingani bilan faxrlanmoqda. Xo‘sh, qo‘yavering, shunday deb o‘ylasin! Sen kimsanki, qaysi davlatga yadro sanoatiga ega bo‘lish mumkin yoki mumkin emasligini belgilaysan?”, degan Eron rahnamosi. 

Eron Oliy rahbari AQSH bilan yadro dasturi borasida yangi muzokaralarga kirishish ehtimolini ham rad etgan. Uning fikricha, bunday muzokaralar “jiddiy va tuzatilmaydigan zarar” keltirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronni yashirin harbiy-yadro dasturini amalga oshirayotganlikda ayblab, unga qarshi operatsiyani boshlagan edi. Havo hujumlari ortidan yadro ob’ektlari, yuqori martabali generallar, taniqli yadro fiziklari va aviabazalar nishonga olingan, yo‘q qilingan. 

Eron bu ayblovlarni inkor etib, javoban o‘z hujumlarini boshladi. Tomonlar 12 kun davomida zarbalar almashdi. AQSH ham jarayonga qo‘shilib, 22 iyunga o‘tar kechasi Eronning yadro ob’ektlariga bir martalik zarba berdi.

Shundan so‘ng, 23 iyun oqshomida Tehron AQSHning Qatardagi harbiy bazasiga raketa hujumini uyushtirib, Eron tomoni vaziyatni yanada keskinlashtirish niyatida emasligini bildirdi. Tramp ushbu hujumdan so‘ng Eronning barcha yadro ob’ektlari yo‘q qilinganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing