Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yo‘l oldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Yetakchilar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sun’iy intellektni amalda qo‘llashga alohida e’tibor qaratadi.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing