Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni ham Yangi yil bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti va Qozog‘istonning birinchi prezidenti yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, qardosh mamlakatlar xalqlariga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga chiqqani, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlik barcha ustuvor sohalarda izchil rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni ham Yangi yil tabriklagandi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 27 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Rossiya rahbari Qozog‘istonning sobiq prezidentini Kreml saroyida qabul qilgan. Suhbat tafsilotlari oshkor etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev Yangi yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing