Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
12 dekabr 1382 1 daqiqa
Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025 yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasiga ham tashrif buyurdi.

Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketgan.
Live
Barchasi