Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Istanbul Bashakshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Sport

image

Bugun, 11 aprel kuni Turkiya Superligasi 29-turidan o‘rin olgan “Istanbul Bashakshehir” – “Genchlerbirligi” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda dastlab istanbulliklar hujumchisi Eldor Shomurodov 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning 40-daqiqasiga kelib o‘zbekistonlik hujumchi yana bir bor raqib darvzabonini “xafa qildi”. Oradan ikki daqiqa o‘tgandan keyin esa Eldorning birinchi goliga assistentlik qilgan Bertug Yildirim hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shundan so‘ng o‘yinda boshqa gol kiritilmadi va “Istanbul Bashakshehir” navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng istanbulliklarning ochkolari soni 47 taga yetdi va turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. Qayd etib o‘tish joiz, 46 ochkoga ega 6-o‘rindagi “Gyoztepe”da bitta zaxira o‘yini mavjud.

Ushbu o‘yinda “Istanbul Bashakshehir”ning yana bir o‘zbekistonlik legioneri Abbosbek Fayzullayev jarohat sabab ishtirok eta olmadi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi o‘yinda dubl qayd etgan Eldor Shomurodovning Turkiya chempionatidagi gollari soni 18 taga yetdi va to‘purarlar poygasida 22 ta gol bilan peshqadamlik qilayotgan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachuga yaqinlashib oldi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shomurodov “Istanbul Bashakshehir” dubl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing