Sindorov Nomzodlar turnirida yaqqol peshqadamga aylanib oldi
Sport
−
02 aprel 2229 1 daqiqa
Kecha, 1 aprel kuni Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Nomzodlar turnirining 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda o‘zbekistonlik grossmeyster Javoxir Sindorov amerikalik Fabiano Karuanani mag‘lub etdi.
Ameriklik grossmeyster soatida 48 soniya vaqt qolganda taslim bo‘ldi. Shu tariqa Sindorov ochkolari sonini 3,5 taga yetkazib olib, musobaqada yaqqol peshaqadamga aylanib oldi. Bungacha Karuanada ham 2,5 ochko mavjud edi. Shuningdek, bu g‘alaba orqali Sindorovning FIDE reytingidagi ochkolari 2759,2 taga yetib, onlayn jadvalda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 3 aprel kuni turnirning beshinchi tur bahslari start oladi. Musobaqa jami 14 turdan iborat bo‘lib, 15 aprelga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Sindorov turnirning ilk turida rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgandi. Ikkinchi turda esa u Germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan bo‘lsa, uchinchi turda turnir favoritlaridan biri hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhani mag‘lub etgandi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi