Superkompyuter CHLning asosiy favoritlarini aniqladi

Sport

image

Opta statistik platformasi superkompyuterining yangi prognoziga ko‘ra, Angliyaning “Arsenal” jamoasi 2025-2026 yilgi UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun 30 foiz imkoniyatga ega va musobaqa g‘olibligi uchun asosiy favorit hisoblanadi.

Prognozlarga ko‘ra, londonliklarning chorak finalga chiqish ehtimoli 86 foiz, yarim finalga yo‘l olishi 64 foiz, finalga chiqish imkoniyati esa 47 foizni tashkil etadi.

Turnirda g‘alaba qozonish ehtimoli yuqori bo‘lgan eng kuchli besh jamoaga yana quyidagi klublar kiradi:

  • “Bavariya” (Germaniya) – 15%;
  • “Manchester Siti” (Angliya) –  10%;
  • “Liverpul” (Angliya) –  9%;
  • “Chelsi” (Angliya) –  8%.

Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, “Pari Sen-Jermen” amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qilish uchun 5 foiz imkoniyatga ega. Ma’lumot uchun, parijliklar turnirning 1/8 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmay, pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal” Chempionlar ligasi guruh bosqichida sakkizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, jadvalda birinchi o‘rin bilan 1/8 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.

Ma’lumot uchun, turnirning pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi ertaga, 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Bavariya” “Arsenal”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing