“Qayrat” Chempionlar ligasidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
30 yanvar 3460 1 daqiqa
Joriy mavsumda Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi asosiy bosqichida ishtirok etdi. Klub ushbu ishtirokdan 18,62 million yevro daromad oldi. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qozog‘iston jamoasiga Kiprning “Pafos” jamoasi bilan o‘yinda durang natijasi uchun 700 ming yevro qo‘shib berilgan. Shu tariqa, “Qayrat” Chempionlar ligasidan umumiy daromad 19,32 million yevroga yetdi.
Nashrning ta’kidlashicha, mavsum yakunida bu summa televideniye va marketing huquqlarini sotishdan tushgan daromad bilan yanada ortadi.
Ma’lumot uchun, “Qayrat” Chempionlar ligasi guruh bosqichida Portugaliyaning “Sporting”, Ispaniyaning “Real Madrid”, Italiyaning “Inter”, Daniyaning “Kopengagen”, Gretsiyaning “Olimpiakos”, Belgiyaning “Bryugge” va Angliyaning “Arsenal” jamoalari bilan bahslarning barchasida imkoniyatni boy berdi. Klub birgina ochkosini Kiprning “Pafos” jamoasiga qarshi bahsda qo‘lga kiritdi va guruh bosqichini eng oxirgi, 36-o‘rinda yakunladi.
Live
Barchasi