“Real” yana Mourinoga qarshi. Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qura tashlandi

Sport

image

Bugun, 30 yanvar kuni UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropaning yetakchi klublari 1/8 final bosqichiga chiqish uchun raqiblarini aniqlab oldi.

2025–2026 yilgi Chempionlar ligasi pley-off juftliklari:

  • “Borussiya Dortmund” ( Germaniya) – “Atalanta” (Italiya),
  • “Olimpiakos” (Gretsiya) –  “Bayer” (Germaniya),
  • “Bryugge” (Belgiya) –  “Atletiko Madrid” (Ispaniya),
  • “Galatasaray” (Turkiya) –  “Yuventus” (Italiya),
  • “Monako” (Fransiya) –  “Pari Sen-Jermen” (Fransiya),
  • “Qorabog‘” (Ozarbayjon) –  “Nyukasl Yunayted” (Angliya),
  • “Budyo-Glimt” (Norvegiya) –  “Inter” (Italiya),
  • “Benfika” (Portugaliya) –  “Real Madrid” (Ispaniya).

Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlari joriy yilning 17-18 fevral kunlari, javob bahslari esa 24-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Umumiy bosqichda yuqoriroq o‘rinni egallagan jamoalar javob uchrashuvlarini o‘z maydonida o‘tkazadi.

Mazkur bosqich g‘oliblari Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘l oladi va u yerda umumiy jadvalda eng yaxshi sakkizta klubga qarshi bahs olib boradi. 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 27 fevral kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Real Madrid” “Benfika”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing