Surxondaryoda 3,5 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto aylanmasi fosh etildi
3-sahifa
−
15:10 1293 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida noqonuniy kriptoaktivlar bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1987 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan telefoni orqali kriptoaktivlar aylanmasi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, u 2024 yil 18 oktyabrdan hozirgi kunga qadar jami 438 ta tranzaksiya amalga oshirib, 53 ming 348 AQSH dollari (652 million so‘m) miqdordagi mablag‘ni aylantirgani aniqlangan.
Tezkor tadbirlar davomida yana noqonuniy harakat aniqlangan. Jumladan, Termiz shahrida yashovchi fuqaro tomonidan kriptoaktivlar aylanma sohasidagi qonunchilikni buzish oqibatida 3 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan pul mablag‘larni noqonuniy ravishda aylantirib kelganligi fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib boshlangan.
Ma’lumot uchun, kriptoaktivlar bilan ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligidan ruxsatnoma olgan holda, ya’ni litsenziya asosida onlayn savdolarni amalga oshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Paxtaobod tumanida umumiy qiymati 26 mlrd 61 mln so‘m bo‘lgan noqonuniy kriptoaktivlarni ayirboshlab kelgan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi