Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan hindistonlik ushlandi (video)
3-sahifa
−
16 fevral 9037 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida Yo‘l harakati patrul inspektoriga 10 mln so‘m pora taklif qilgan hindistonlik fuqaro ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, xodim texnik nosozligi bor avtomobilni boshqarayotgan chet ellik fuqaroni to‘xtatgan va mashina hujjatlarini tekshirmoqchi bo‘lgan. Fuqaro esa inspektorga 10 million so‘m miqdorida pora taklif qilgan. Tezkor tadbir davomida u pullarni berishga uringan paytda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi