Surxondaryoda 13 bosh yovvoyi quyonni ovlaganlar ushlandi
3-sahifa
−
10:41 1993 1 daqiqa
Surxondaryoda noqonuniy 13 bosh yovvoyi quyonni ovlaganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tezkor reyd tadbirida Termiz tumani Uchko‘l atrofidagi dasht hududida noqonuniy ov holati aniqlangan. Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Olmazor” ko‘chasida yashovchi fuqaro E.F. tomonidan 13 bosh yovvoyi quyon noqonuniy ravishda ovlagan.
Tekshiruv davomida fuqaro ovni taqiqlangan usulda tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda amalga oshirgani aniqlangan. Bu esa amaldagi ovchilik qoidalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, ov jarayonida foydalanilgan, fuqaro E.F.ga tegishli bo‘lgan 3 dona ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga topshirilgan.
Hozirda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi