Suyunchi! Toshkent viloyatida 4 nafar egizak tug‘ildi
Jamiyat
−
31 mart 8353 1 daqiqa
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimining oilasida 4 nafar egizak farzand dunyoga keldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, Toshkent viloyati IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi, 29 yoshli safdor Odiljon Abdullayev joriy yilning 29 mart kuni 4 nafar (2 nafari o‘g‘il, 2 nafari qiz) egizak farzandli bo‘lgan.

Ayni paytda ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, ular malakali mutaxassislar nazorati ostida.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Shundan bir nafar tug‘ilganlar 859 065 nafar, egizak tug‘ilganlar 19 976 nafar, uch nafar va undan ortiq tug‘ilganlar soni esa 558 nafarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 4 egizak qizaloq tug‘ilgan edi.
Live
Barchasi