Toshkentda inspektorlarga daydi topishni buyurgan rahbar ishdan olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimining profilaktika inspektorlariga ko‘chalardan daydi topib, bayonnoma rasmiylashtirish va planni to‘ldirishni buyurgani haqida audio va video tarqalgandi. Ushbu xodim ishdan olindi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha tahliliy hisobot mavzusida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ jurnalisti savoliga javoban IIV vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashrapov ma’lum qildi. 

Vazirning bildirishicha, inspektorlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i o‘z lavozimidan ozod qilingan.

Qayd edish joiz, u bir muddat avval profilaktika inspektorlariga Telegram messenjeri orqali videotopshiriq yuborib, unda xodimlarga ko‘chalardan daydi topish kerakligi va planni to‘ldirish shartligini buyurgandi.

Videotopshriqda xodimlar daydi bo‘lmasa qarindoshini daydi qilib ko‘rsatib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishi kerakligi aytilgan.

“Protokollar hamma narsadan nol bo‘lib yotibdi. Hamma yo‘nalishing nol: daydi nol, ma’muriy bayonnoma nol, ma’muriy nazorat nol. E, bu senlar nima o‘zingdan ketib qolganmisanlar, vijdonsiz? Bittang qani daydi qilmachi? Qarindoshingni olib borib yop, daydi qilib. O‘zing dayni bo‘lasan sen”, deydi u. 

Bundan tashqari, yana bir videoda xodim ehtimol ma’muriy bayonnomani 300 ta qilishga va’da berganini aytgan.

“Profilaktika inspektorlari, mana hozir men va’da berdim. Soat 12:00 gacha 300 ta qilishim kerak. Hozir og‘ayni, bittang agar “parod” qilsang xafa bo‘lma. Hammang – “noch-poch”, hamma chiqsin hozir. Men o‘zim ham chiqaman, mana”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

inspektor daydi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing