Toshkentda mashina yonib ketdi
3-sahifa
−
16 iyul 5999 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 16 iyul kuni soat 00:08 da tumanning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:11 da yetib borib, yong‘in soat 00:16 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 1 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgandi.
Live
Barchasi