Toshkentda Orlando yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
03 may 5810 1 daqiqa
Bugun, 3 may kuni Shayxontohur tumani “Furqat” ko‘chasida Orlando yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:52 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Furqat” ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan. Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 11:58 da yetib borganida, yong‘in haydovchi tomonidan avtomobilda mavjud o‘t o‘chirgich bilan o‘chirilgani ma’lum bo‘lgan.
Bildirilishicha, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan BYD yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.