Toshkentda 57 yoshli erkak onasini o‘ldirdi
3-sahifa
−
13 dekabr 8086 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida 57 yoshli erkak spirtli ichimlik ta’sirida 77 yoshli onasini o‘ldirdi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, mast holatda bo‘lgan erkak onasiga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha zarbalar berib, og‘ir jarohatlar yetkazgan, shuningdek, bo‘ynini bosib, mexanik asfiksiya sodir etgan. Jarohatlar qovurg‘a sinishlari, bosh miya shikastlari va keng qon ketishlarni o‘z ichiga olgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi nizoga kvartirani sotish va erkakning sobiq rafiqasi va qizi yashayotgan Rossiyaga ko‘chish rejalari sabab bo‘lgan. Onasi bu rejalarni qat’iyan rad etgan. Mast holat va oilaviy nizolar fojianing yuzaga kelishiga olib kelgan.
Sud jarayonida ayblanuvchi aybini faqat qisman tan olgan, voqealarning bir qismini eslamasligini aytgan. Biroq ekspertiza xulosalari, guvohlar ko‘rsatmalari, tergov materiallari va moddiy dalillar uning aybini tasdiqlagan.
Sud qarori bilan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi. Shuningdek, sudlanuvchi spirtli ichimlikka qaramligi bo‘yicha majburiy davolanishga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 71 yoshli erkak tushlik tayyorlamagan xotinini o‘ldirgandi.
Live
Barchasi