Toshkentda tez yordam mashinasi Audi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
06 Sentabr 5758 1 daqiqa
Bugun, 6 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahar, Mirobod tumanida tez yordam mashinasi Audi bilan to‘qnashishi oqibatida ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 02:50 larda Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasidagi 12A uy qarshisida Audi rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, Tez tibbiy yordamga tegishli Ford maxsus transport vositasi bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida Ford haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tez yordam mashinasi Spark avtomobili bilan to‘qnashib ketgan edi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi