Toshkentda yurib ketayotgan Tracker’dan 2 yashar bola tushib qoldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 13 yanvar kuni Toshkent shahar Mustaqillik shoh ko‘chasida Tracker-2 rusumli avtomashinaning orqa eshigidan yosh bola tushib qoldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 17:05 larda Mustaqillik shoh ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan M.M. Tracker-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganida, uning 2024 yilda tug‘ilgan farzandi M.M. avtomashina salonining orqa o‘rindig‘idan eshik ochilib ketgani sababli yiqilib tushgan.

Shu yo‘nalish bo‘ylab ushbu avtomashina orqasidan harakatlanib kelayotgan BYD rusumli avtomashina haydovchisining hushyorligi sababli mudhish YTHning oldi olingan. Mustaqillik shoh ko‘chasi va Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori serjant J.Quvonov zudlik bilan voqea joyiga borgan. U yosh bolani yo‘lning qatnov qismida qo‘lida ko‘tarib olib, tan jarohat alomatlari bo‘lmagani sababli otasi M.M.ga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent shahrida bobosi bog‘chaga olib ketayotgan 4 yoshli qizcha yurib ketayotgan mashinadan tushib qolgan edi. Hodisa oqibatida qizchaga jarohat etmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Tracker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing