Toshkentdagi xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15 may 1366 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lu qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Spark avtomashinasi Chilonzor tumanida to‘xtatilib, tekshirilgan. Uning salonida 15 dona kapsulada “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.
So‘ngra, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu dorilarni sotgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, mazkur fuqaro Chilonzor tumanidagi xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan bo‘lib, ushbu manzildan 955 gr va 538 dona “Pregabalin”, 227 gr va 28 dona “Tropikamid”, 16 kg “Trilon-B” hamda sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, katta miqdordagi kapsula va flakonlar olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgandi.
Live
Barchasi