Jamoat joyida yarim yalang‘och yurgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Kecha, 1 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro Toshkent shahar Chilonzor tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, yarim yalang‘och yurgani aks etgan video tarqaldi va turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 22 mart kuni 1998 yilda tug‘ilgan Sh.O. Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Magic City” ko‘ngilochar maskanida yarim yalang‘och holda videolavha olib, ommani o‘ziga jalb etgan. Shuningdek, u fuqarolar orasida har xil harakatlar qilib, jamoat tartibini buzgan va mayda bezorilik sodir etgan. Bundan tashqari, Sh.O. IIO xodimlaring qonuniy talablarini bajarmasdan huquqbuzarlikni davom ettirgan.

Kecha, 1 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida Sh.O. aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud emasligini, bunday og‘ir oqibatlarga olib kelishini bilmaganini, qilmishidan pushaymonda ekanligini aytgan va o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sh.O. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida alkogolli ichimlik iste’mol qilib, jamoat tartibini buzgan erkak 10 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzor Mayda bezorilik yarim yalong'och

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing