Toshkentga ketayotgan Cobalt’dan katta miqdorda “gashish” topildi

3-sahifa

image

Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Cobalt’dagi yo‘lovchida 1 kg “gashish” borligi aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mashina Bo‘ston tumanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida transport vositasi ro‘yxatida yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Paxtaobod tumanida yashovchi shaxsning yonidan og‘irligi 1 kg ga yaqin bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.Fuqaro uni sotish maqsadida saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-fevral oylarida narkotiklarni o‘tkazish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 22 ta uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Andijon gashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing