Toshkentdagi yog‘ingarchilik havo sifatini yaxshilay olmadi
Jamiyat
−
03 mart 1342 2 daqiqa
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yog‘ingarchiliklar atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining kamayishiga va havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga ta’sir qilmadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, yog‘ingarchiliklar, odatda, havodagi chang va mayda dispers zarrachalar PM2,5 va PM10 miqdorini yuvib tushirish orqali kamaytirishga xizmat qiladi. Biroq O‘zgidromet kuzatuv stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda atmosfera havosida mayda dispers zarrachalar konsentratsiyasida pasayish kuzatilmagan.
Shuningdek, tuman davrida va yomg‘irdan so‘ng PM2,5 konsentratsiyasining oshishi keng tarqalgan holat hisoblanishi va yomg‘ir vizual jihatdan havoni “tozalovchi” omil sifatida qabul qilinsa-da, atmosferadagi haqiqiy jarayonlar ancha murakkabligi aytilgan.
“Tuman shunchaki namlik emas, balki mayda suv tomchilari majmuasi bo‘lib, ularda chang va qorakul zarrachalari to‘planadi, shuningdek, ikkilamchi aerozollar shakllanadi. Tuman sharoitida, odatda, shamol sust bo‘ladi, havo aylanishi cheklanadi va harorat inversiyasi kuzatiladi”, deyiladi xabarda.
Ushbu omillar ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaning yerga yaqin qatlamida ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi, bu esa PM2,5 konsentratsiyasining oshishiga olib keladi” deb qo‘shimcha qilgan.
O‘zgidromet vaziyat monitoring qilinayotgani va qo‘shimcha axborot yana taqdim etilishini aytgan.
IQAir portalining 3 mart kuni taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent dunyo bo‘yicha havosi eng ifloslangan shaharlar reytingida 9-o‘rinni egallagan.
Live
Barchasi