Tojikistondagi urush qatnashchilariga qancha pul to‘lanishi aytildi
Olam
−
05 may 12920 1 daqiqa
Tojikistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylari va nogironlariga 9 may arafasida 25 ming somoniy (taxminan 2,4 ming dollar) miqdorida bir martalik to‘lov puli beriladi. Bu haqda Milliy kengash spikeri, Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, Rustam Imomali tomonidan qabul qilingan qarorda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 25 ming somoniy ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, hozir Tojikistonda 17 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Bundan tashqari, respublikada 121 nafar front orti mehnatkashlari bor.
Urush yillarida Tojikistondan Qizil armiyaga 300 mingdan ortiq kishi chaqirilgan, respublikaning 90 mingdan ortiq aholisi frontdan qaytmagan. Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatgan jasorati va jangovar xizmatlari uchun 56 ming tojikistonlik SSSR ordenlari va medallari bilan taqdirlangan, respublikaning 56 aholisi Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yashovchi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan 5 million tenge (9,6 ming dollar) miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi