Chexiya Prezidenti Putinning g‘alabasi G‘arbga tahdid solayotganini aytdi

Olam

image

Chexiya Prezidenti Pyotr Pavel G‘arbning hozirgi xatti-harakatlarini Ikkinchi jahon urushi arafasidagi tinchlantirish siyosatiga qiyosladi. Bu haqda u “The Sunday Times” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Agar biz Rossiyaga ushbu urushda g‘olib chiqishiga yo‘l qo‘ysak, barchamiz mag‘lub bo‘lamiz”, deb ta’kidladi Chexiya rahbari.

Pavel G‘arbning hozirgi xatti-harakatini Ikkinchi jahon urushi arafasidagi tinchlantirish siyosatiga qiyosladi. AQSH va Rossiya o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar haqidagi so‘nggi da’volar, xususan, “Ukraina hududlarini o‘tkazish” bo‘yicha 1938 yildagi Myunxen kelishuvini xavfli tarzda eslatadi.

U Sudetdagi nemis ozchiligini fashistlarning ekspluatatsiyasi va rossiyaliklarning “ruslarni himoya qilish” haqidagi hikoyasi o‘rtasida tarixiy parallellik yaratdi.

“Vladimir Putin ham xuddi shunday hikoyadan foydalanmoqda”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Ukrainaga bir paytlar Chexoslovakiyaga xiyonat qilganidek xiyonat qilmayapti, balki “o‘zi qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan tamoyillarni himoya qilishni istamasligini” namoyish etmoqda.

Pavel urushdan keyin Yevropaga Moskva bilan 1975 yildagi Xelsinki kelishuvi asosida tuzilgan yangi xavfsizlik shartnomasi kerak bo‘lishini aytdi.

“Bu Rossiya barcha davlatlarning hududiy suverenitetini tan olib, o‘zining agressiv faoliyatini cheklashga rozi bo‘lganidan keyin muhokama qilinadi”, deya xulosa qildi u.

Ma’lumki, Chexiya Respublikasida oktyabr oyi boshida rossiyaparast Andrey Babishning ANO partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan edi.

G‘alabasidan oldin ham Babish Chexiyaning Ukrainaga milliondan ortiq artilleriya o‘qlarini yetkazib berish tashabbusi “chirigan siyosat” ekanini e’lon qilib, bu soliq to‘lovchilar uchun juda qimmat ekani va agar u hokimiyatga qaytsa, bekor qilinishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 noyabr kuni Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat o‘z yig‘ilishida iste’foga chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushi Andrey Babish Pyotr Pavel Myunxen kelishuvi Xel'sinki kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing