Tramp harbiy byudjetni yana 50 foizga oshirmoqchi

Olam

image

Kecha, 7 yanvar kuni AQSH prezidenti 1,5 trillion dollarlik harbiy byudjet Vashingtonga "orzudagi harbiy kuchlarini" yaratish imkonini berishini aytdi. Faqat byudjet AQSH Kongressi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu haqda Donald Tramp “TruthSocial” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Keltirilishicha, AQSHning 2027 yil uchun harbiy byudjeti 1,5 trillion dollarga (1,3 trillion yevro) yetishi kutilmoqda. Ushbu summa Kongress tomonidan 2026 yil uchun tasdiqlangan 901 milliard dollardan (771 milliard yevro) sezilarli darajada ortganini ko‘rsatmoqda.

Tramp bu qarorni "senatorlar, kongressmenlar, kotiblar va boshqa siyosiy vakillar bilan uzoq va qiyin muzokaralardan so‘ng" qabul qilganini aytdi. Oq uy rahbari bu qadam Vashingtonga "orzudagi harbiy kuch"ni yaratish va "xavfsizlik va himoya"ni ta’minlash imkonini berishini bildirdi.

Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar milliy qarzni kamaytirishda davom etishi va "o‘rtacha daromadli" amerikaliklarga dividendlar to‘lashiga ishonch bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH boshqa  davlatlarga nisbatan  harbiy ehtiyojlarga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Avvalroq ,Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Vashingtonning NATOdagi ittifoqchilarining sadoqatiga shubha bildirgan edi.

Shu bilan birga, Federal byudjet qo‘mitasi partiyasiz tahlil markazi Trampning takliflarini amalga oshirish uchun 2035 yilga kelib, 5 trillion dollar (4 trillion yevro) kerak bo‘lishini va AQSH milliy qarziga 5,8 trillion dollar (4,9 trillion yevro) qo‘shilishini aytmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning 2026 moliya yili uchun mudofaa byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, rekord darajadagi 901 milliard dollarlik harbiy xarajatlarni nazarda tutadi, Kongress tomonidan 2025 yil 17 dekabrda qabul qilindi. Hujjatda, xususan, harbiy xizmatchilarning ish haqini 3,8 foizga oshirish, harbiy texnika sotib olish va AQSHning asosiy raqobatchilari - Xitoy va Rossiyaga qarshi raqobatbardoshligini oshirish choralari ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO byudjet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing