Tramp Erdo‘g‘anga G‘azo Tinchlik kengashi masalasida maktub yo‘lladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni G‘azo sektorini tiklash va uning xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladigan Tinchlik kengashining ta’sischilaridan biri bo‘lishga taklif qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti administratsiyasining Axborot aloqalari boshqarmasi rahbari Burxoniddin Duran ma’lum qildi.

Uning yozishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi 2803-rezolyutsiya orqali Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan G‘azodagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha kompleks rejani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Mazkur qaror doirasida G‘azo sektorida xavfsizlikni ta’minlash va uni qayta tiklash bilan shug‘ullanadigan Tinchlik kengashi hamda uning tegishli tuzilmalari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, Burxoniddin Duran kecha, 16 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Tinchlik kengashining ta’sischisi va raisi sifatida Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ushbu kengashning ta’sischi a’zolaridan biri bo‘lish taklifi bilan rasmiy maktub yo‘llaganini qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH G‘azoni boshqarish bo‘yicha Milliy kengash tashkil etilganini e’lon qilib, G‘azo sektori bo‘yicha AQSH tinchlik tashabbusini amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan xalqaro Tinchlik kengashi tarkibini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Rajab Toyib Erdo'g'an Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing