Tramp Lulani G‘azo Tinchlik kengashiga qo‘shilishga taklif qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Braziliya yetakchisi Luis Inasiu Lula da Silvani G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qo‘shilishga taklif qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, CNN Brasil xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli taklifnoma AQSHning Vashingtondagi elchixonasi orqali bevosita Braziliya Prezidentiga yuborilgan.

“Maktub juma kuni (16 yanvar) tushdan keyin AQSH poytaxti Vashingtondagi Braziliya elchixonasi orqali bevosita Lula nomiga yuborilgan va Itamaratiga yo‘naltirilgan. Hozircha ijro hokimiyati rahbari Donald Trampning taklifini qabul qiladimi yoki yo‘qmi bu borada hech qanday ma’lumot yo‘q”, deyiladi xabarda.

Bungacha Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashi tuzilayotganini ma’lum qilgan va yaqin orada uning to‘liq tarkibini e’lon qilishini va’da qilgan edi. Hozircha kengash tarkibiga AQSH davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, kuyovi va investor Jared Kushner, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, Jahon banki rahbari Ajay Banga hamda AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Robert Gebriel kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni G‘azo sektorini tiklash va uning xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladigan Tinchlik kengashining ta’sischilaridan biri bo‘lishga taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp G'azo Tinchlik kengashi Luis Inasiu Lula da Sil'va

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing