O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lgani rasman tasdiqlandi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan tashkil qilingan “Tinchlik kengashi” O‘zbekistonning ta’sischi davlat sifatida a’zo bo‘lganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Kengashning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.

Qayd etish joiz, 22 yanvar kuni 19 mamlakat vakillari Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatish doirasida tuzilgan “Tinchlik kengashi” nizomini imzolagandi.  Kengash tashabbuskori AQSH Prezidenti Donald Trampning aytishicha, tashkilotga boshqa davlatlar ham qo‘shilgan.

Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boshqa davlatlar rahbarlari, Bosh vazirlari va Tashqi ishlar vazirlari ham qatnashgan.

“Tinchlik kengashi” Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati o‘rtasida G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha kelishuvga muvofiq tuzilgan, biroq u boshqa mintaqalardagi mojarolarning oldini olish va hal qilish bilan ham shug‘ullanishi taxmin qilinmoqda.

Ushbu tashkilot Nizomini imzolash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va O‘zbekiston Kengashga qo‘shildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Donal'd Tramp G'azo Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing