Tramp Oq uy haqida savol bergan jurnalistni haqoratladi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp CBC News’ning Oq uydagi raqs zali qurilishi haqida savol bergan jurnalistini “ahmoq” deb atadi. CBC News o‘zining Instagram sahifasida holat aks etgan videoni joyladi.

Tramp jurnalistning loyiha nega dastlab aytilganidan 2 baravar qimmatlashgani haqidagi savolidan so‘ng, biroz qizishib ketgan.

“Men uni ikki baravar kattalashtirdim, ey ahmoq odam. Siz aqlli odam emassiz”, degan Prezident.

Shuningdek, Tramp qurilish uchun byudjetdan kam sarflanayotganini ma’lum qilgan.

“Men uni kattalashtirdim, chunki bunga aniq ehtiyoj bor edi va hozir biz byudjet doirasidamiz, hatto byudjetdan kam sarflayapmiz va ishlar jadvaldan oldinda bormoqda”, degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden “Fox News” muxbirining inflyatsiya haqidagi savoliga javoban uni “itvachcha” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Donal'd Tramp haqorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing