Tramp Xitoydan quruq qo‘l bilan qaytdi
Olam
−
09:38 4905 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Pekinni na savdo, na Eron masalasida jiddiy natijalarga erishmasdan tark etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Tramp Boeing samolyotlarini sotish bo‘yicha kelishuv kabi qisqa muddatli biznes foydalariga urg‘u bergan. Biroq bu investorlarni uncha taassurot qoldirmagan. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin esa Vashington bilan barqaror savdo aloqalarini saqlab qolishga qaratilgan uzoq muddatli strategiya haqida gapirgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Si Szinpin AQSH–Xitoy munosabatlarini tasvirlash uchun yangi atama – “konstruktiv strategik barqarorlik” iborasini qo‘llagan. Bu esa sobiq prezident Jo Bayden ishlatgan va Pekinga yoqmagan “strategik raqobat” iborasidan keskin farq qiladi.
Qayd etish joiz, 13 may kuni Tramp Xitoyga uch kunlik davlat tashrifi bilan borgan edi. Bu uning so‘nggi to‘qqiz yildagi Xitoyga ilk safari bo‘ldi. Ertasi kuni u Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazib, davlat banketida ishtirok etgan. Keyinchalik Tramp tashrifini “ajoyib” deb atab, “fantastik savdo kelishuvlari” tuzilganini ma’lum qilgan.
Trampning Xitoyga bo‘lgan tashrifi omadsiz kechishi bilan bir qatorda, u Si Szinpinni “o‘z mamlakatida yengish” uchun AQSHga taklif qilgan. Taklif esa qabul qilingan.
Live
Barchasi