“Tramp shoshilishi kerak”. Medvedev Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkinligini aytdi
Olam
−
13 yanvar 10991 2 daqiqa
Rossiyaning sobiq prezidenti va hozirda Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSH Prezidenti Donald Trampni Grenlandiya masalasida shoshilishga chaqirdi va orol aholisi Rossiyaga qo‘shilishi mumkinligi haqida keskin bayonot berdi. Bu haqda TASS agentligi uning X sahifasida yozgan postiga tayanib xabar berdi.
Medvedevning fikricha, yaqin kunlarda Grenlandiyada Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha tezkor referendum o‘tkazilishi mumkin. Shu bois u Trampga “do‘stona” maslahat bergan.
“Tramp shoshilishi kerak. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kun ichida Grenlandiyada shoshilinch referendum bo‘lib o‘tishi mumkin, unda Grenlandiyaning barcha 55 ming aholisi Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berishi mumkin. Shundan keyin esa – tamom! Bayroqda yangi yulduzlar bo‘lmaydi. Rossiyada esa yangi – allaqachon 90-federal sub’ekt paydo bo‘ladi”, deb yozgan Medvedev X’da.
Medvedevning aytishicha, agar Grenlandiya egallab olinsa, Tramp yangi lavozimga ega bo‘ladi “Grenlandiyaning vaqtincha prezidenti”.
Ma’lumot o‘rnida: Yaqinda Tramp o‘zini “Venesuelaning vaqtincha prezidenti” deb atagan edi. Medvedev shunga ishora qilib, “Agar Grenlandiyani Rossiya olib qo‘ysa, Tramp Grenlandiyaning ham vaqtincha prezidenti bo‘lib qolaveradi” deb mazax qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishni muhokama qilgani va bu orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga hamda AQSHga qo‘shilishiga ishontirmoqchi bo‘lgani aytilgandi.
Live
Barchasi