Tramp Ukrainaga qo‘shimcha raketalar yubormoqchi
Olam
−
15 iyul 3980 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Tomahawk rusumli uzoq masofali qanotli raketalarni yuborish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Washington Post ” nashri xabar berdi.
Raketalar bo‘yicha muhokama joriy yilning 11 iyul kunida bo‘lib o‘tgan. Manbalarga ko‘ra, hozircha Tomahawk raketalari rasmiy yetkazib beriladigan qurollar ro‘yxatiga kiritilmagan, biroq Vashington bu qarorni keyinroq qabul qilishi mumkin.
Yana bir manbaning ta’kidlashicha, Tramp Tomahawk raketalari bo‘yicha yetkazib berishni muhokama qilishga tayyor, chunki u Putinni faqat kuchli bosim ostida muzokaraga majbur qilish mumkin, deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, Tomahawk raketalari 2 500 km masofani bosib o‘ta oladi, relefni aylanib o‘tish xususiyatiga ega bo‘lib, suvosti kemalar, quruqlik va havodan uchiriladi. Iyun oyida AQSH bu raketalardan Eronning yadro ob’ektlariga hujumda foydalangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Patriot raketa tizimlari berilishini e’lon qilgandi. Kiyevda esa bu xabar mamnuniyat bilan qarshi olingandi.
Live
Barchasi